MAKTAB BILIM VA TA'LIM-TARBIYA MASKANI: SHAHAR HOKIMI ZAFARJON TO’RAQULOV TA'LIM MUASSASALARIDA BO’LDI
2023-11-16 09:18:05 702
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov shahardagi umumta'lim maktablarida bo’lib, ulardagi kuz-qishga tayyorgarlik, o’quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan muntazam tanishib bormoqda.
Navbatdagi o’rganish tadbirlari shahardagi 8 - umumta'lim maktabida davom etdi. Shahar hokimi Zafarjon To’raqulov bu yerda o’quvchilar bilan uchrashib, ular bilan muloqot qildi.
Bilim va ta'lim-tarbiya maskani hisoblangan maktablarda har bir yosh o’z kelajagi uchun poydevor yaratishi kerakligi, buning uchun doimo o’qib-o’rganishi zarurligini ta'kidladi.
Zotan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan umumta'lim maktablarida o’quvchilarga ikkita xorijiy til va kasb o’rgatish tizimini joriy etish yo’lga qo’yilgani ham ularni zamon bilan hamnafas, yurt koriga yaraydigan yigit-qizlar bo’lib kamol topishlariga xizmat qiluvchi muhim omillardan biridir.
Shahar hokimi ayni jihatlardan kelib chiqib, yoshlarga o’z tajribalari haqida to’xtalib o’tdi.
Shu kuni shahardagi 2-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabiga ham borildi. Biroq, bu manzilda obodonlashtirish masalalari e'tibordan chetda qolgani, maktab rahbariyati ko’kalamzorlashtirish ishlarini talab darjasida olib bormagani keskin tanqid qilindi. Holatni o’nglash yuzasidan mutasaddilarga shahar hokimi tomonidan bir qator topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram