Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TSEMENTCHI” JAMOASI POYTAXTNING “BUNYODKOR-FARM” KLUBINI MAG’LUB ETDI

×

 2023-11-16 08:59:42    516

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Professional futbol ligasi 1-liga jamoalari kubok o’yinlari doirasida Quvasoy shahrimizning “Tsementchi” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor-Farm” futbol klubi bilan yarim finalning birinchi o’yinida kurash olib bordi. 

O’yin mehmonlar hujumi bilan boshlandi. Ilk bo’lim oxirida Murod Ismoilov shogirdlari tashabbusni o’z qo’liga oldi va hisobni ochdi. Tanaffusga “Tsementchi” qo’li baland holda yo’l oldi. 

Ikkinchi bo’limni quvasoyliklar faol boshlashdi. 

Uchrashuvning 60 daqiqasida “Bunyodkor-Farm” yoshlari hisobni tenglashtirdi. Shundan so’ng yana “Tsementchi” tashabbusni o’z qo’liga oldi. 78 daqiqada mezbonlar ikki bor juda xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. To’p darvoza to’siniga tegib maydonni tark etdi. 86 daqiqada “Tsementchi” o’z maqsadiga yetdi. 

22 raqamli futbolchi Umurzoqov g’alaba to’pini kiritdi. O’yin “Tsementchi”ning 2-1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. 20 noyabr kuni yarim final javob o’yini Toshkentda bo’lib o’tadi.

Bahslarni e'tibor bilan kuzatib borgan Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov jamoaning kelgusi o’yinlariga ham omad tiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram