AVTOMOBIL YO’LIDA OLIB BORILAYOTGAN KO’KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI
2023-11-14 17:35:07 695
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov shahar hududidan o’tgan davlat ahamiyatdagi 4R 112 “Farg’ona halqa yo’li” avtomobil yo’lida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Shahar hokimiga shahar IIB boshlig’i Dilmurod Asqarov hamrohlik qildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda atrof-muhitni ko’kalamzorlashtirish doirasida shaharda keng ko’lamli ishlar boshlangani o’rganish jarayonida yana bir bor ta'kidlandi.
Chunki, obod manzillar hamisha insonlar e'tiborini tortadi. Ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydi. Hududning havosi musaffo bo’ladi.
Ko’kalamzorlashtirish ishlarining mamlakatimiz ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyati ham katta.
Biroq, buni barcha ham birdek tushunib yetmayotgani o’rganishlar davomida ma'lum bo’ldi.
Shahar hokimi ayrim manzillar mutasaddilarning va yer egalarining beparvoliklari oqibatida qarovsiz qolib ketganini keskin tanqid qildi.
Holatni tez kunlarda o’nglash, ko’chat ekish tadbirlarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan zarur ko’rsatma va topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram