XITOY KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIKDA QUVASOYDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN YANGI LOYIHALAR KO’RIB CHIQILDI
2023-11-13 18:23:54 424
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Xitoyning Chengdu Shiny Technology kompaniyasi vakillari va investorlarni qabul qildi.
Muloqotda “Hamkor - Shiny” MChJ shaklidagi O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi ta'sis etilayotgani, uning istiqboldagi faoliyati haqida so’z bordi.
Xususan, gaz, suv va elektr energiyasiga tegishli bo’lgan har xil turdagi elektron hisoblagichlarni ishlab chiqarish, logistika markazi tashkil etish va faoliyatini yo’lga qo’yish masalalari kun tartibidan o’rin oldi.
Qo’shma korxona nizomiga ko’ra qishloq xo’jaligi texnikalari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, shuningdek, xalq xo’jaligi uchun zarur boshqa turdagi ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish ham ko’zda tutilgani mas'ullar tomonidan qayd etildi.
Uchrashuvda ayni yo’nalishlarda o’zaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi va loyihalarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma'lumot o’rnida, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida Zhiyuanhui Information Technology kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazilib, dastlabki investitsiyaviy kelishuvga erishilgandi. (https://t.me/fvhokimligi/19708)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram