Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA HUDUDLAR OBOD BO’LMOQDA: 16 - UMUMTA'LIM MAKTABIDA KO’CHAT EKISH TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-10 09:18:53    416

PDF yuklash
Chop etish


“Yashil makon” umummilliy loyihasi va Davlatimiz rahbari tomonidan e'lon qilingan hamda joriy yil 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha o’tkazilishi belgilangan “kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasida Quvasoy shahrida muhim chora-tadbirlar belgilab olingan.

Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Sufon MFY da joylashgan 16 - umumta'lim maktabida bo’lib, ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ta'lim maskanida amalga oshirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham qiziqdi. Mutasaddilarning ma'lumotlarini eshitdi.

Shu kuni maktab hududida mahalla nuroniylari va faollari ishtirokida ko’chat ekish tadbiri ham bo’lib o’tdi.

Ma'lumot o’rnida bugungi kunda shahardagi 31 ta mahallalarda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda qariyb 40 ming donadan ziyod manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi va hududlarda bunday tadbirlar davom etmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram