QUVASOYLIK NURONIY “BIR NURONIY – O’N YOSHGA MAS'UL” KO’RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA MUVAFAQQIYATLI ISHTIROK ETDI
2023-11-10 09:09:45 480
Quvasoy shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig’ini nuroniysi, 1944 yilda tug’ilgan Tohirjon O’rinboyev kuni kecha Buxoroda o’tgan “Bir nuroniy – o’n yoshga mas'ul” deb nomlangan ko’rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdi.
“Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” ezgu shiori ostida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida yuqori natijaga erishgan hamshaharimiz respublika bosqichida ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ko’rik-tanlovning respublika bosqichi uch shartdan iborat bo’ldi. Shahar va tumanlardagi mahallalarda yetakchiligini namoyon qilgan keksa, nuroniylar chiqishlari kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi Bahodir Umrzoqov boshchiligidagi hay'atlar tomonidan baholab borildi.
Tadbirda nuroniylar hayotiy tajribasidan unumli foydalanib joylarda tashkillashtirilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar natijasida profilaktik hisobda turgan yoshlarning sog’lom turmush tarziga qaytishiga, oilaviy ajrimlarning oldi olinishiga hamda notinch oilalarning yarashtirilishiga erishilayotgani alohida e'tirof etildi.
Mana shunday ezgu ishlarga o’z xissasini qo’shib kelayotgan Tohirjon O’rinboyevning kelgusi ishlariga ham omadlar tilaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram