“MAHALLABAY” O’RGANISH TADBIRLARIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
2023-11-10 09:04:58 478
Quvasoy shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni o’rganish bo’yicha tegishli tartibda ishchi guruhlari o’rganishlari olib borilmoqda.
Shahardagi mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida 1 ming 569 ta yakka tartibdagi xonadonlar, 209 ta ko’p qavatli uylar mavjud bo’lib, ularda 98 ming 867 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Ayni kunlarda ishchi guruhlari tomonidan ko’p qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa ob'ektlarni “mahallabay” o’rganish tadbirlari jadal amalga oshirilmoqda.
Muammolar aniqlanib, ularning ayrimlari joyning o’zida hal etilmoqda, qo’shimcha muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Xususan, o’rganish natijalariga ko’ra 17 ta ijtimoiy soha ob'ektlarida, 11 ta ko’p qavatli uylarda, 3 ta ichki yo’llarda ta'mirlash ishlari olib borildi.
Zotan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik, kelgusida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram