“MENING YO’LIM” LOYIHASI ORQALI ICHKI YO’LLAR RAVON BO’LMOQDA
2023-11-10 08:53:56 478
Quvasoy shahrida ham “Mening yo’lim” loyihasi orqali ichki yo’llarni qurish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shahardagi 7 ta mahallalarda qariyb 6,3 km. dan ortiq ichki ko’chalar asfaltlashtirildi. Natijada Lashkar, Polmon, Mo’yan, Bog’bon, Pakana, Valik hamda Namuna mahalla fuqarolar yig’inlarida bir qator ichki yo’llar ravon bo’ldi va buning uchun mahalliy byudjet hisobidan 3 mlrd.so’m mablag’ ajratildi.
5600 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan ko’chalar infratuzilmasi yaxshilandi.
Ma'lumot o’rnida, Vazirlar Mahkamasininig 2022 yil 2 fevraldagi “Avtomobil yo’llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari parametrlarida hududiy ichki xo’jalik yo’llarni ta'mirlash uchun ajratilgan mablag’larni “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xo’jalik yo’llarni ta'mirlashga yo’naltirish tartibi belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram