OILA VA XOTIN-QIZLAR BO’LIMI TIZIMIDA OLIB BORILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
2023-11-10 08:47:26 478
Quvasoy shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida shahar Oila va xotin-qizlar bo’limi tizimida joriy yilning 9 oyi davomida olib borilgan ishlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Tadbirda dastlab shahar hokimi o’rinbosari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Nigora Ubaydullayevaning hisoboti eshitildi.
Hisobotda shahardagi mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida olib borilayotgan ishlar, joylarda tashkil etilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
Oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan, “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilgan ishlar haqida ham to’xtalib o’tildi.
Yig’ilish so’ngida oldinda turgan vazifalar kelishib olindi va o’z mehnatlari bilan boshqalarga o’rnak va namuna bo’layotgan tizim vakillari, faol xotin-qizlar taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram