Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DALA CHETLARI VA BO’SH YER MAYDONLARIGA TO’QSONBOSTI EKINLARINI EKISH BO’YICHA KO’RGAZMALI SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-06 11:05:54    797

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi Arsif mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan ko’rgazmali seminarda O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov, viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov, qishloq xo’jaligi mutaxassislari hamda fermerlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bog’-tokzorlar qator oralaridan samarali foydalanish bo’yicha belgilab berilgan aniq vazifalardan kelib chiqib oldinda turgan chora-tadbirlar ko’rib chiqildi.

Yurtimizda shu kunlarda hosildan bo’shagan maydonlarga sovuqqa chidamli to’qsonbosti ekinlarini ekish ishlari avj pallada ekanligi, bu dehqon va fermer xo’jaliklari uchun muhim daromad manbai bo’lishi qayd etildi.

Joylarda dala chetlari va bo’sh yer maydonlariga to’qsonbosti ekinlarini ekish, har bir qarich yerdan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bu yilgi qulay ob-havo sharoitida kech kuzgi dehqonchilik ishlarini bajarish jarayonlari haqida to’xtalib o’tildi hamda ishlarni tizimli olib borish yuzasidan mutasaddilarga zarur ko’rsatmalar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram