Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYLIK 105 NAFAR YIGIT-QIZLARGA “VATAN TAYANCHI” KO’KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI

×

 2023-10-27 08:31:47    1358

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar Sufon MFY da joylashgan 16 - umumta'lim maktabida “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a'zolariga “Vatan tayanchi” ko’krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda shahar hokimi o’rinbsari Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Eldor Qo’ziyev, shahar Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i Akbarjon Muratov, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So’z olganlar tomonidan davlatimiz rahbarining 2022 yil 2 martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Shahardagi barcha umumta'lim maktablarida “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati guruhlari faoliyati yo’lga qo’yilgani ta'kidlandi.

Yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosati ekanligi qayd etildi.

Shundan so’ng 105 nafar yigit-qizlarga “Vatan tayanchi” ko’krak nishonlari tantanali topshirildi va sharafli nishonga sazovor bo’lgan yoshlarning kelgusi faoliyatlariga omadlar tiladilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram