Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA MAKTABLAR ATROFIDA KO’CHAT EKISH ISHLARIGA ALOHIDA E'TIBOR QARATILMOQDA

×

 2023-10-26 09:10:54    1148

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga qilgan safari chog’ida ta'kidlaganlaridek, "Maktab bor joyda madaniyat bo’ladi. Pedagoglar boshqalarga har jihatdan o’rnak. Maktab atrofi obod bo’lib, mavsumiy gullar yashnab tursa, yoshlarga ham tarbiya, ham da'vat bo’ladi".

Ayni shu ma'noda Quvasoy shahrida ham “Yashil makon” dasturini ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shahardagi 5-umumta'lim maktabida o’tgan ko’rgazmali seminarda oldinda turgan vazifalar haqida so’z bordi. Unda shahar hokimining o’rinbosarlari Shuhrat Tursunbayev, Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Eldor Qo’ziyev, nuroniylar, harbiylar, jamoatchilik faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

"Maktabimiz hududiga “Yashil makon” dasturi doirasida 100 tup pavloniya, 100 ta terak, 40 ta olma ko’chatlari, 20 ta shaftoli va yana 140 ta turli meva ko’chatlari, shuningdek, ko’plab manzarali gullar ekildi", - deya ma'lumot berdi muassasa direktori Lochinbek Mamarasulov.

Maktab direktori hududdagi kichik bog’lardan maktab byudjetiga kattagina foyda olayotganlarini qayd etib, ko’chat ekish muhim daromad manbai ekanligiga ham seminar qatnashchilari e'tiborini qaratdi.

Yakunda nuroniylar ishtirokida boshlangan xayrli ishlar bardavom bo’lishini tilab duolar qilindi va bo’sh maydonga yangi ko’chatlar o’tqazildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram