FUQAROLARGA NOGIRONLIK ARAVACHALARI TOPSHIRILDI
2023-10-26 09:05:42 1142
Quvasoy shahar hokimligi, sektor ishchi guruhlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo’lgan oilalar holidan xabar olinib, 6 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Isfayramsoylik Zulfiya Mamadiyeva, Cho’lpon MFY da yashovchi Aliye Gaynazarova, Xafizaxon Iliyeva kabi hamyurtlarimiz va ularning yaqinlari e'tibordan mamnun ekanliklarini aytib, minnatdorchilik bildirdilar.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo’lgan fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tadbirlar shaharda davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram