“QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM!” SHIORI OSTIDA MADANIY-MA'RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI
2023-10-23 14:18:32 1005
1989 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o’zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo’ldi.
Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni O’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro’-e'tiborini tubdan oshirishda yana bir muhim qadam bo’ldi.
Shu ma'noda O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan shahar hokimligi hamda mas'ul tashkilotlar hamkorligida 3 - conli umumta'lim maktabida o’tgan madaniy-ma'rifiy tadbir ham ishtirokchilarda o’zgacha taasurot qoldirdi.
Unga Farg’ona davlat universiteti o’qituvchi-olimlari, o’quvchilar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari jalb etildi.
Yakunda O’zbek tili bayrami kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tanlov g’oliblari munosib taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram