QUVASOYDA TA'LIM MUASSASALARIDA SOG’LOM OVQATLANTIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHDA TURKIYA TAJRIBASIDAN FOYDALANILADI
2023-10-18 08:56:08 786
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Turkiyaning Ekin Proje Elektrik kompaniyasi bosh menedjeri Ali Kirlangichni qabul qildi.
Muloqotda dastlab shahardagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun, keyingi bosqichda umumta'lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun Turkiyadagi ta'lim muasassalari tajribasi asosida ovqatlarni tayyorlash va yetkazib berish, keytering xizmatini yo’lga qo’yish haqida so’z bordi.
Hamkorlik munosabatlarini memorandum orqali mustahkamlashga kelishib olindi va ishlar 2024 yilning yanvar oyidan boshlanishi qayd etildi.
E'tiborlisi, mobil ilova yordamida o’g’il-qizlarning yaqinlariga kuzatuv kameralari tasvirlari orqali ovqat tayyorlash jarayonlarini ham kuzatib borish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda shahar hokimining o’rinbosarlari Salimjon Nishanqulov hamda Alisher Mamajonovlar ham ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram