XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI, ERKINLIKLARI HAMDA QONUNIY MANFAATLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2023 YIL 23 MARTDA QABUL QILINGAN QONUNNING MAZMUN MOHIYATI
2023-09-04 21:00:12 2115
Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo’ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo’lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga bugungi kunda huquqni qo’llash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog’liq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanktsiyalar belgilanmagan, xotin-qizlarni shilqimlik va zo’ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emas, tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (o’ttiz kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta'minlash imkonini bermaydi, alimentlarni to’lamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi yanada ko’proq moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ushbu Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi qonunlariga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o’z huquqlari va manfaatlarini amalga oshirishida qo’llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek bolalar masalalari bo’yicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo’yuvchi o’zgartishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo’ravonlikning oldini olishga, oilalardagi ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog’liq xalqaro indekslarda mamlakatimizning o’rnini yaxshilashga xizmat qiladi.
O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish, o’n olti yoshga to’lmagan shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor qilish.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hamda Sog’liqni saqlash vazirligining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni va ularning oilalarini qo’llab-quvvatlash masalalarini hal etadi;
ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga g’amxo’rlik qilayotgan shaxslarni rag’batlantirish mexanizmlarini yaratadi va takomillashtiradi;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qiladi;
yetim bolalarga va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablag’larning taqsimlanishi hamda ularning o’z egalariga berilishi ustidan nazorat o’rnatadi»;
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shu'balarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari»;
«etim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar haqidagi ma'lumotlarning axborot bazasini yuritadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi»;
Bolalar masalalari bo’yicha milliy komissiyaning hamda bolalar masalalari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalarining bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Bolalar masalalari bo’yicha milliy komissiya hamda bolalar masalalari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».
O’zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo’mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohasidagi, Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish ya'ni tazyiq va zo’ravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zo’ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas'ul bo’lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko’ra, bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish bo’yicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi o’z vakolatlari doirasida:
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlashda ishtirok etadi;
qonunchilikda belgilangan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash choralarini ko’radi;
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quvasoy shahar sudining raisi Rustamjon Zaripov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram