Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2023-YIL 1-IYUL KUNGI “HAQIQAT OVOZI RASMIY KANAL”GA JOYLANGN “XOKIMIYAT, PROKURATURA, KADASTR VA BOSHKA TASHKILOTLARNI VAKOLATI EMAS EKAN. KIMNI VAKOLATI?” MAZMUNGANI VIDEOLAVXAGA QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGINING RASMIY MUNOSABATI

×

 2023-08-01 19:33:38    1232

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimining 2006-yil, 7-mart kungi №84/3-sonli qaroriga asosan “Odiljon serhosil bog‘i” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan bo‘lib 12 gektar yer maydoniga bexizor tashkil etilib 17 nafar fuqaro tomonidan foyadalanib kelinayothanligi 2012-yil shahar hokimi A.Ziyavitddinov bilan og‘zaki kelishuvga ko‘ra 12 gektar bexi bog‘ qarovsiz va yuqumli kasalliklar bilan kasallanganligini inobatga olib 3 yil muddatda qaytarib berish sharti bilan buzib yuborilganligi, shundan so‘ng, 12 gektar maydonga davlat extiyoji uchun boshoqli don (bug‘doy) ekib kelingan;

Shundan so‘ng shahar hokimining 2012-yil, 4-may kungi №186q-qaroriga asosan fermer xo‘jali yer maydonlari bir qismi shahar zaxirasiga olingan.  Shaxar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan “Hamraliev Xasanjon Zuxraxon” fermer xo‘jaligiga zaxirada turgan sobiq “Odiljon serhosil bog‘i” fermer xo‘jaligi yer maydoni shahar hokimining qaroriga asosan briktirib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2019-yil,

9-yanvardagi “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli qaroriga asosan shaxarda o‘tkazilgan maqbullashtirish natijalariga ko‘ra shahar hokimining 2019-yil, 9-mart kungi № 537-sonli qaroriga asosan “Hamraliev Xasanjon Zuxraxon” fermer xo‘jalik bilan shahar hokimi o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi muddatidan avval bekor qilinib, yer maydonlari shaxar zahirasiga qaytarilgan.

Shahar hokimining 2019-yil, 7-may kungi qaroriga asosan shahar zaxirasida turgan yer maydonini belgilangan tartibda o‘tkazilgan auksionda tanlov g‘olibi deb topilgan “Bog'i Firdavs Quvonchlari” fermer xo‘jaligiga g‘allachilik yo‘nalishida yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi № 2094-sonli shahar hokimining qaroriga ko‘ra “Bog'i Firdavs Quvonchlari” fermer xo'jaligiga, “A.Ikromov” massivi hududidan, qishloq xo'jaligi xaritasining 468, 469-konturlardagi jami 22,43 gektar yer maydonlari muqaddam tuzilgan ijara shartnomani amal qilish muddatiga qadar g'allachilik yo'nalishida ijaraga ajratib berilgan va fermer xo'jaligi foydalanishida qarorning 4-bandiga ko'ra “Bog'i Firdavs Quvonchlari” fermer xo'jaligining 468, 469, 470, 472-konturlardagi jami 36,53 gektar shundan, 32,0 gektar ekin yeri, 2020-yil 20-noyabr kuni “A.Ikromov” massivi hududidagi “Bog'i Firdavs Quvonchlari” g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaligiga uzoq muddatli ijaraga berilgan ushbu yer maydonining bir qismini ixtiyoriylik asosida shahar hokimligi zahira yerlari hisobiga qaytarish haqidagi shahar hokimining 610-sonli qarori qabul qilingan.

Shundan so‘ng “Qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun yer maydoni tanlash va ajratib berish (realizatsiya qilish), samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini zahiraga olish bo'yicha tuzilgan doimiy harakatdagi komissiya”ning 2020-yil, 30-dekabr kungi 469q-konturidagi 7,20 gektar yer maydoni tomchilatib sug'orish usulida intinsiv mevali gilos bog'zorlar barpo etish uchun biriktirib berilsin degan xulosasiga ko‘ra “Far Agro Gold Chery” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga Quvasoy shahar hokimining 2020-yil, 30-dekabr kungi “Far Agro Gold Cherry” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga tomchilatib sug'orish usulida intinsiv bog'lar barpo etish uchun yer maydonlari biriktirib berish to'g'risida”gi 726-sonli qarori qabul qilingan. Qolgan qismi “Bog'i Firdavs Quvonchlari” fermer xo'jaligi foydalanishida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» PF-6243-sonli Farmonining 4-bandida: «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlar mustasno, tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish, xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinsin:»-deb,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 avgustdagi PF–198-son Farmoni 1-bandi, a-kichik bandida 2022 yil 1 sentabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish sohasida bekor qilinsin:

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno-deb belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko'ra, yer maydoni bugungi kunda nizoli bo'lganligi sababli O'zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 89-moddasiga asosan Yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi yer xususidagi nizolar SUD tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishini ma`lum qilamiz.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram