Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMLIGIDA 2023 YILNING I-YARIM YILLIGI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT

×

 2023-07-25 16:10:18    1041

PDF yuklash
Chop etish


     Shahar hokimligiga joriy yilning 1-yarim yilligi davomida barcha manbaalar orqali jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan 315 ta (446ta) murojatlar shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 127ta (223ta), Xalq qabulxonasi orqali 79 ta (92 ta), Bosh Prokuratura ishonch telefoni orqali 15 ta (18ta) va shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 94ta (113ta) yozma murojaatlar kelib tushgan. (Bu ko‘rsatgich 2021 yilning shu davrida 446 tani tashil etib, 131 taga yoki 29,4% kamaygan)

     Xususan, mazkur murojaatlarning 188 tasi (59,7%) ijobiy hal etilgan, 118 ta (37,5%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 9 ta (2,8%) murojaat o‘rganish jarayonida.

     Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish 58 ta, Yo‘llarni ta’mirlash 56 ta, Moddiy yordam ajratish masalasida 48 ta, Obodonlashtirish masalasida 43 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 31 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 15 ta, Uy-joylarni ta’mirlash 10 ta, Ichimlik suvi masalasida 9 ta, Tomorqalarni sug‘orish masalasida 9 ta, Raxbarlarning faoliyati masalasida 6 ta, Ish bilan ta’minlash masalasida 5 ta, Elektr ta’minoti 4 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 4 ta, Oilaviy munisabatlar masalasida 1 ta, Kredit olish masalasida 1 ta, Qabul masalasida 1 ta, Haj va Umra masalalarida 1 ta hamda boshqa sohalarga oid 13 ta murojaatlar kelib tushganligi aniqlandi.

     Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 32 ta (10,2%), Kokilon 27 ta (8,6%), Pakana 24 ta (7,6%), Qo‘chqorchi 21 ta (6,7%), X.Olimjon 21 ta (6,7%), Bog‘bon 16 ta (5,1%), Do‘stlik 17 ta (5,4%), Polmon  12 ta (3,8%), Yoshlik 12 ta (3,8%), Arsif 11 ta (3,5%), Huvaydo 10 ta (3,2) mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.

     Joriy yilning 1-yanvar kunidan, 1-iyul kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonasi tomonidan jami 211 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, Virtual qabulxona orqali 131 ta, Xalq qabulxonasi orqali 80 ta murojaat yuborilgan.

    Shuningdek, ushbu murojaatlarning 68 tasi yoki 32,2% ijobiy hal etilgan bo‘lib, viloyat hokimligi topshirig‘iga asosan tushuntirish berish orqali nazoratdan chiqarilgan murojaatlarni qayta o‘rganib chiqish hamda ijobiy hal etish orqali ijobiylik ko‘rsatkichini oshirish maqsadida jami 143 ta murojaat qayta o‘rganib chiqishlik uchun tegishli mas’ullarga yo‘naltirilgan.

    Xususan, qayta o‘rganib chiqish natijasi 129 ta murojaat ijobiy hal etilib, ijobiylik ko‘rsatkichi 32,2% dan 64,5% ga ko‘tarilishiga erishildi.

     Shu bilan birga joriy yilning 1-yarim yilligi davomida shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan qabullar jadvaliga asosan shahar hokimi tomonidan jami 16 marotaba shaxsiy hamda 26 marotaba ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, qabullar davomida jami 391 nafar fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olingan.

     Shundan, 211 nafar (54%) fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etildi, 180 nafar (36,8%) fuqaroning murojaatlarga amaldagi qonun va qarorlar asosida huquqiy tushuntirishlar berilgan.

     Shuningdek, hokim o‘rinbosarlari tomonidan 90 marotaba shaxsiy va ommaviy (sayyor) qabullar o‘tkazilib, qabullar davomida jami 434 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqildi. Qayd etilgan murojaatlarning 348 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, ijobiy hal etish darajasi 80,2 foizni tashkil etadi.