Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“UCH NAFAR FARZANDI BILAN KO’CHALARDA SARSON BO’LIB YURGAN AYOL MUROJAATI” DEYA YUBORILGAN MUROJAATGA

×

 2023-06-24 19:09:34    156

PDF yuklash
Chop etish


RASMIY MUNOSABAT 


Fuqaro Qodirova Dilafruz 23.05.1991 yil Andijon viloyati Asaka shahrida tug’ilgan. Fuqaro onasi va farzandi bilan Qozog’iston Respublikasida doimiy yashab kelgan.


D.Qodirova 2019-2020 yillarda Quvasoy shahar Ziynat MFY, A.Azizov ko’chasi, 213-A uy, 54-xonadonda vaqtinchalik ro’yxatda turgan holda shar'iy nikoh bilan turmush qurib, 2 nafar farzandli bo’lgan va turmushidan ajragan.


2020-2023 yillar davomida shaharning Ziynat MFY, A.Azizov ko’chasi, 217-A uy, 19-xonadonda ijarada 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelmoqda. 


D.Qodirova Quvasoy shahar IIB bo’limining ATI ro’yxatida turadi.


Fuqaro oilasiga shahar hokimligi, mahalla fuqarolar yig’ini va homiylar tomonidan oziq-ovqat hamda pul ko’rinishida muntazam ravishda yordamlar berib kelinmoqda.


Joriy yilning may oyidan buyon farzandlariga bolalar nafaqa pulini olib kelmoqda.


Shahar hokimligi, hudud hokim yordamchisi va mahalla tomonidan fuqaroning oilasini sog’lomlashtirish maqsadida ko’p marotaba chora-tadbirlar belgilanganligi va sog’lom bo’lishiga qaramay qaramay, D.Qodirova berilgan ish o’rni takliflarini rad etib, muqim bir joyda ishlamasdan boqimandalik kayfiyatiga berilgan.          


2023 yil 20 iyun kuni o’tkazilgan hokim qabulida D.Qodirovani ish bilan ta'minlash maqsadida Quvasoy shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limi boshlig’i E.Tashbekovning bo’limda farroshlik ish o’rniga ishga joylashtirishi va oilasiga yordam berishi haqidagi taklifini ham rad etdi.

Bir nafar farzandi maktab o’quvchisi, 3 yoshli va 1.5 yosh farzandiga yon qo’shnisi enagalik qiladi. Xozirda 3 yoshli farzandini MTM ga imtiyozli joylashtirish choralari ko’rilmoqda




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram