9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI
2023-05-12 09:26:40 326
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 3 maydagi 1-166-23-sonli xatining ijrosini ta'minlash maqsadida, jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov sud tizimida ko’p yil mehnat qilib sud majlisi kotibi vazifasida hamda devonxona mudiri lavozimida ishlagan R.Ametova va sud majlisi kotibi vazifasida ishlagan faxriy R.Osmanovalarni shahar sudiga taklif etib ular bilan uchrashib holidan xabar oldi. 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bayrami bilan tabriklab, faxriylarga so’z berdi. Faxriylar o’zlarining mehnat faoliyati, amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari, ish davomida duch kelgan qiziqarli va murakkab vaziyatlar haqidagi so’zlab, hozirgi kunda sud tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar va o’zlari faoliyat yuritgan davrdagi sharoitlar bilan solishtirib o’tdi.
Shuningdek sud tizimi hodimi degan ma'suliyatli nomga dog’ tushurmaslik, tizim obro’sini asrash, uni obro’sizlantiradigan harakatilardan tiyilish, korruptsiya holatlariga murosasiz bo’lish, ota-ona hamda rahbarlar ishonchini oqlash haqidagi maslahatlarini berib o’tdilar.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quvasoy shahar sudining
devonxona mudiri Gulbahor Axmedova
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram