Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-04-14 18:09:09    368

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Quvasoy shahrida ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish yo‘nalishida 6 ta MFY hududida 11 mlrd. 600 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga 23,2 km asfaltlashtirish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda barcha MFY hududlarida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. 

Bundan tashqari 2023-yil 17-fevral kunidagi 40/7-26-sonli xatga asosan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Quvasoy shahriga 3 091,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilganligi shahar aholisining kayfiyatlarini yanada ko‘tarmoqda.

Mazkur mablag‘lar hisobiga shahardagi jami 9 ta MFY hududlarida 13 ta ko‘chalarda 6,1 km ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish uchun Xalq deputatlari shahar Kengashining qarori tasdiqlangan.

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan shaharda amalga oshirilayotgan ishlarni va aholi kayfiyatini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar jarayonida shaharning Do‘stlik MFY aholisining hududiga olib boruvchi Beshariq ko‘chasining 1,3 km qismi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi bildirilib, turli ijtimoiy tarmoqlarda salbiy fikrlarga olib kelayotganligini inobatga olingan holda, Do‘stlik MFY hududiga olib boruvchi ushbu ko‘chaning 1,3 km qismini mukammal ta`mirlash uchun yuqoridagi dasturlar doirasidan iqdisod qilingan mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram