Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSH QOMUSIMIZNI TAKOMILLASHTIRISH BO’SAG’ASIDA

×

 2023-03-27 18:31:59    291

PDF yuklash
Chop etish


Shu qisqa davrda davlatimiz jahon hamjamiyatining har jabxasida munosib o’rin egalladi, o’zining uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 

Taraqqiyot yo’lida esa Konstitutsiyamizning o’rni yuqori bo’ldi, tarixga qaytadigan bo’lsak, asosiy qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentyabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, shuningdek butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlaktimizning keyingi rivojlanish yo’lini belgilab berish yuzasidan ko’plab taklif va muloxazalar bildirildi. Ushbu takliflar va muloxazar keng miqyosda ko’rib chiqilib, yurtimiz taraqqiyotini yuksaklarga olib chiqishi, fuqarolarning huquq va manfaatlari, erkinliklarini keng qamrab oladigan takliflar bilan Bosh qomusimiz loyihasiga yuzga yaqin tuzatishlar kiritilib, Oliy Kengash sessiyasida 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu yurtimiz uchun judda katta ahamiyatga ega bo’lgan voqea bo’ldi.

Konstitutsiya davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqlik bilan yo’g’rildi va inson huquqlarini muqaddas deb e'tirof etdi. Xalqimiz Konstitutsiyamizning qabul qilinishi orqali o’zining umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ekanligini dunyo hamjamiyatiga namoyon qildi. Ushbu umuminsoniy qadriyatlarning markazida inson, uning xayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini ta'minlash davlatimiz oldidagi oliy burch ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy g’oyasi sifatida tanlab olindi.

Milliy qadriyatlarimizni o’ziga singdirgan Qomusimiz asosida oila, onalik va bolalik davlat muhofazasida ekanligi belgilanganini ham alohida e'tirof etish lozim.

Shu o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan o’zgarishlar, qonun ustuvorligini amalga oshirish bilan bog’liq islohotlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa Konstitutsiyamizning xalqimiz va davlatimiz manfaatida qabul qilingani, yurtimizning strategik maqsadlariga to’la javob beradigan muhim hujjat ekanidan dalolat beradi.

Xususan, Konstitutsiyamizning 32-moddasida "O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari, ularning ishtirok etishlari esa o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshilishida ko’ridai. Ushbu siyosiy huquqlar qatorida qayd etilgan norma bugun hayotda o’z o’rnini topganligini barchamiz guvohi bo’lib turibmiz.

Xalqimiz konstitutsiyaviy islohotlardan katta o’zgarishlar kutmoqda.

Oliy majlis Qonunchilik Palatasining 2023 yil 10 mart kungi yalpi majlisida deputatlardan 132 nafari Konstitutsiyaning yangi tahriri to’g’risidagi qonunni qo’llab-quvvatlanib, umumxalq muhokamasiga qo’yilishi belgilandi.

Konstitutsiyaning yangi tahriridagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilmoqda. 128 ta moddaning 91 tasiga kontseptual o’zgarishlar kiritilib,uning 65 foiziga o’zgartirish kiritilayotgani, xususan O’zbekiston “huquqiy davlat” degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanmoqda. Mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolatlar o’z ifodasini topmoqda.

Bu barchaning qonun oldida tengligini va qonundan xech kim ustun emasligini ta'minlash, sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilish, umuman olganda davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi uchun mustahkam poydevor bo’ladi.

Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o’zgartirish, ya'ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo’yishni maqsad qilgan.

Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilmoqda.

Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emasligi, insonnning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi.

Fuqaro va davlat organlari o’rtasidagi noaniqliklar fuqaro foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta'sir choralari maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo’lishi kerakligi belgilanmoqda. Bu normalar huquqni qo’llash faoliyatida inson manfaatlari ustuvor bo’lishini amalda ta'minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, har bir inson o’z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga egaligi, qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi, O’zbekiston fuqarosi mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Jinoyat protsessida inson huquqlari kafolati eng ilg’or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. Xususan, shaxsni sud qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi hamda shaxsni ushlab turish chog’ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi belgilanmoqda.

Ushbu huquqiy kafolatlar inson huquqlarini muhofazasini kuchaytirish sohasidagi ishlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi hamda ularni davlat organlarining suiste'molliklaridan ishonchli himoya qiladi, shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo’l qo’ymaslikni kafolatlaydi.

 

Doniyorxo’ja Maxamatov Farg’ona viloyat ma'muriy sudining raisi

 

Oyatullo Abdusattorov Farg’ona viloyat ma'muriy sudi sudya katta rdamchisi





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram