“INSON HUQUQLARI-OLIY QADRIYAT” MAVZUSIDA YOSHLAR ISHTIROKIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZDILAR.
2023-02-22 22:29:57 290
Quvasoy shahar Markaziy kutubxonasi binosida 2023 yil 18 fevral kuni Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi B.Vaxobov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov “Inson huquqlari-oliy qadriyat” mavzusida yoshlar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazdilar.
Uchrashuvda jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas deya o‘z nutqini boshladi. Asosiy qomusimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-bobida nazarda tutilgan shaxsiy huquq va erkinliklar haqida yoshlarga batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, 24-moddasida belgilangan yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. 25-moddasi har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. 26-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkor ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. 27-moddasi.
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga egadir. 28-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joyidan ikkinchi joyga ko‘chishi, O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va undan chiqib ketishi huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustano. 29-moddasi. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqot erkinligi huquqiga ega. 30-moddasi. O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Bundan tashqari, fuqarolik huquqlar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar mavjud bo‘lib ushbu huquqlar bizni ta’lim olish, malakala tibbiy hizmatdan foydalanish, dam olish, mehnat qilish, erkin ijod qilish, davlatimizning siyosiy jarayonlarida ishtirok etish ya’ni saylash va saylanish huquqlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarimiz bilan bir qatorda burchlarimiz haqida ham aytib o‘tilgan deya so‘zini yakunladi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi B.Vaxobov yoshlarga hozirgi kunda sud-huquq sohasidagi bir qancha yangiliklar yangi qabul qilingan qonunlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishib huquqiy savodxonligini oshirishdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Quvasoy shahar sudining devonxona mudiri G.A.Axmedova
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram