QUVASOY SHAHRIDA O'QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI.
2023-02-10 21:58:50 243
Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi Farg'ona viloyati vakillari tomonidan Quvasoy shahah MFYlari hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va hududda yashovchi fuqarolar ishtirokida E-auksion.uz savdo platformasi bo'yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24 noyabrdagi VM-709-sonli qarori mazmun-mohiyati, savdoga chiqarilgan dehqon xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, tanlovda qatnashish tartibi, Temir daftari, ayollar daftari, Yoshlar daftarida va 2022 yil 01 mart sanasidan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro’yhatiga kiritilgan fuqarolarga berilgan imtiyozlar to’g’risida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob va konsultatsiyalar oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram