SHAHAR HOKIMI, 1-SEKTOR RAHBARI AHOLI MUAMMOLARINI XONADONMA-XONADON O’RGANMOQDA
2023-02-10 11:27:30 225
Joriy yilning 9 fevral kuni aholi muammolarini xonadonma-xonadon o’rganish maqsadida Quvasoy shahar hokimi 1-sektor rahbari Zafarjon To’rakulov, shahardagi tijorat bank rahbarlari, Majburiy ijro byurosi Quvasoy shahar bo’limi, Polmon mahalla fuqarolar yig’ini 5 lik jamoasi hamda mas'ullar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurishdi.
Jumladan, o’rganishlar davomida “Kichik bog’” ko’chasi 11 xonadonda yashovchi fuqaro Jumaboyeva Nargizaning Xalq bankidan 1,7 mln., Hamkorbankdan 1,1 mln. so’m bo’lgan qarzdorliklari homiylik hisobidan bartaraf etildi.
“Polmon” MFY Hurmozor ko’chasi 82-uyda yashovchi Qosimova Shafoat farzandi Mallaboyeva Shoxidaga uy-joy uchun subsidiya asosida ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish niyati borligi aniqlanib, Xalq banki Quvasoy shahar bo’limiga kredit hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari biriktirildi.
“Polmon” MFY Fermer ko’chasi 128-uyda yashovchi Abduqayumova Ma'muraxon chorvachilik bo’yicha 30 mln so’m imtiyozli kredit evaziga olgan 11 bosh naslli echki va qo’ylar hozirgi kunda 25 boshga yetgan. Shahar hokimi ushbu xonadonga tashrif buyurib, fuqaro M.Abduqayumova faoliyatini kengaytirish fikrini bildiridi hamda murojaati qanoatlantirildi.
“Polmon” MFY Xurmozor ko’chasi 81 uyda yashovchi Rustamov Muxammadjon faoliyatini yo’lga qo’ygan qassobxona hamda savdo do’koni bilan tanishdi.
Shuningdek, shahar hokimi Polmon Oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurib, fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, shu bilan birgalikda bir qator kamchiliklar o’rganildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram