9 FEVRAL - ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGIGA
2023-02-10 11:22:47 302
NAZM VA NAVO KEChASI
O’zbek adabiy tilining asoschisi, o’zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta'sir ko’rsatgan ulug’ ustozlardan biri hazrat Mir Alisher Navoiydir.
Har yili 9- fevral sanasida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, she'riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan bugun 9-fevral kuni Quvasoy shahridagi 11-Bolalar musiqa va san'at maktabida Alisher Navoiy xayoti va ijodiga bag’ishlangan “Nazm va navo” kechasi bo’lib o’tdi.
Kechani shahar hokimining o’rinbosari A.Mamajonov ochib, Alisher Navoiy haqida qisqacha to’xtalib o’tdi. Jumladan, u shoirning she'riyatga bolalik chog’idanoq ixlos qo’ygani, uning ustozlari Mavlono Jomiy, Mavlono Lutfiy kabi ulug’ shoirlarning she'riyatidan baxramand bo’lib o’sganligini tilga oldi.
Kecha davomida so’zga chiqqan shahar Ma'naviyat targ’ibotchisi T.O’rinboyev o’zbek adabiyotining asoschisi mana besh asrdan ziyodki serjilo g’azallari, sermazmun she'rlari, ahloq-odobga doir go’zal baytlari, ruboiylari bilan inson qalbi, uning ruhiy holatini tetiklashtirib, nozik dillarga zavqu shavq bag’ishlab kelmoqda,-dedi.
Ha, Alisher Navoiy butun umrini she'riyatga, adabiyotga bag’ishladi. Navoiy ijodida insonparvarlik, odamiylik g’oyalari ilgari surilgan bo’lib, unda insonlarga xos eng noyob vatanparvarlik, ezgulik, mehr-oqibat, vafo va sadoqat kabi fazilatlar o’rin olgan.
Navoiy ijodining tarixiy ahamiyati haqida qisqa qilib aytganda, o’zbek adabiyoti, o’zbek adabiy tilini eng yuqori cho’qqilarga ko’tardi. Ona tilimizga bo’lgan muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash sizu bizning tafakkurimizga avvalo Navoiy asarlari orqali kirib keladi.
Umr har qanday kishiga bir martagina taqdim etiladigan ne'mat ekan, har qanday kishi uchun jondan ham azizroq narsa yo’q.
Kecha davomida shahar madaniyat bo’limining badiiy havaskorlari tomonidan dilrabo kuy va qo’shiqlar yangrab, Alisher Navoiy qalamiga mansub g’azallardan namunalar keltirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram