Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALISHER NAVOIY HAQIDA 20 MA'LUMOT

×

 2023-02-10 11:18:02    1005

PDF yuklash
Chop etish


1. Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog’i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan davlat xizmatchisi G’iyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

2. Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Mir Alisherning bobosi Amir Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh bo’lgan.

3. Navoiyning ilmga bo’lgan ishtiyoqi erta uyg’onib, 4 yoshida maktabda ta'lim ola boshlagan.

4. Navoiy 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" asarini yoddan bilgan.

5. Mir Alisher 7 yoshida buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. 

6. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g’azallar yoza boshlagan.

7. Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.

8. Alisher Navoiy o’n besh-o’n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

9. Alisher Navoiy o’smirlik yillarida o’zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she'rlarini yod bilgan.

10. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she'rlariga Navoiy, forsiy tildagi she'rlariga Foniy deb taxallus qo’yadi. Shoirning forsiy she'rlar to’plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

11. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og’zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Bu nom Navoiyning hayoti haqida ma'lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.

12. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug’ shoir o’rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

13. Samarqand shahri Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san'at bilan tanishadi.

14. Navoiy 1469 yilda do’sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy).

15. Navoiy o’z jamg’armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

16. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. 

17. Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. 

18. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to’rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

19. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etgan. Uni dafn etish chog’ida maydalab yomg’ir yog’ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta'riflagan.

20. Navoiyning turkiy tilni qayta tiriltirishi ma'naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo’lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she'r aytibdurlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o’lik jasadig’a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta'kidlagan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram