ROSSIYALIK INVESTORLAR QUVASOY SHAHRIDA!
2023-02-10 11:15:29 248
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’rakulov, Rossiya Federatsiyasining OOO “Beloye Derevo" kompaniyasining direktori Irina Mironovna Alacheva boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Delegasiya tarkibida, OOO “Beloye Derevo" direktori o’rinbosari Denis Vladimirovich Timoshenko, menejeri Aleksiy Kovallar ham ishtirok yetdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi chet-ellik tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart sharoitlar to’g’risida ma'lumotlar berildi.
Har tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari, jumladan, Quvasoy shahar bog’dorchilikka ixtisoslashganligi sababli, mevani quritish va bolalar uchun konditer mahsulotlari ishlash chiqarish investitsion loyihalar muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram