DAVLAT XIZMATCHILARI TIBBIY KO’RIKDAN O’TKAZILMOQDA.
2023-02-10 11:10:22 240
Xalq salomatligi va sog’lom millat genofondi har bir davlatning muhim boyligi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizda fuqarolar, shuningdek, davlat xizmatchilarining sog’lig’ini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yo’nalishi sifatida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Davlat xizmatchilarining ham tibbiy ko’rikdan o’tishi ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Aynan shu maqsadni ko’zlab, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargona viloyati filiali tashabbusi bilan, sog’liqni saqlash boshkarmasi bilan hamkorlikda viloyat va tuman (shahar) hokimliklarida faoliyat olib boradigan davlat xizmatchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda.
Bugun Kuvasoy shaxar hokimligi xodimlari ham malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Zamonaviy tibbiyot ko’pgina kasalliklarni davolash imkoniyatiga ega. Lekin, kasallikni davolashdan ko’ra, uning oldini olish osonligini unutmasligimiz kerak.
Zero, Sog’lik – bebaho boylik!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram