Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOT DIREKTORLARINING NAVBATDAGI USLUBIY BIRLASHMASI O’TKAZILDI.

×

 2023-01-25 18:37:31    193

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi Ganiyeva Dilorom Xamidovna rahbarlik qilayotgan 12-davlat, tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkilot direktorlarining navbatdagi uslubiy birlashmasi o’tkazildi.

Uslubiy kengashda "Pedagogik kengashlar-mahorat maktabi" hamda "Kuzatuvlar kengashi faoliyati" mavzular chuqur o’rganib chiqildi. Seminarda tasarrufdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mutaxassisi D.Ergasheva hamda bo’limning mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar yuqori saviyada, bahs-munozara shaklida o’tkazildi. Seminarda pedagogik kengashlarning o’tkazilish tartibi, ko’riladigan dolzarb mavzular, kengash qarorlarini chiqarilishi va unga ma'sul bo’lgan pedagoglarning vazifalari to’g’risida fikr yuritildi.


Kuzatuvlar kengashi a'zolarini saylash tartibi, ish hujjatlarini yuritilishi shuningdek, kuzatuv kengashining maqsad va vazifalari to’g’risida keng tushunchalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram