Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER UCHASTKALARINI AJRATISH VA ULARDAN FOYDALANISH, SHUNINGDEK YERLARNI HISOBGA OLISH VA DAVLAT KADASTRINI YURITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRILISH

×

 2023-01-23 12:08:28    266

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi 2021 yil 16 avgustdagi “Er uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat kadastrini yuritish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati.

 

Barchamizga ma'lumki, har bir shaxsning yer uchastkasi, bino va inshootga egalik qilish istagi mavjud. Biroq, ushbu istaglarni qonunda belgilangan tartiblari barchaga birdek ma'lum emas. Yuqoridagi Qonunga asosan O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 60-moddasi 2,3,4-qismlari, 60/1, 68, 68/1 va 69-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. Ya'ni,

O’zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 2-qismida, YEr uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo’lmagan holda ulardan foydalanish uchun javobgarlik belgilangan bo’lib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Mazkur moddaning 3-qismida esa O’zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo’lgan va tutash bo’lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi belgilangan.

Agar yuqoridagi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa va o’zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

O’zbekiston Respublikasi MJtKning 601-moddasida Sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko’rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o’zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to’g’risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi MJtKning 68-moddasida Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo’lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib ob'ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarni buzib ko’rsatish, axborotlarni berishdan bo’yin tovlash yoki noto’g’ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Qonunimizda ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun o’z vaqtida murojaat etmaslik uchun ham javobgarlik belgilangan bo’lib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishi ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasi MJtKning 69-moddasida Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o’rmonlardagi cheklov belgilarini yo’q qilish yoki shikastlantirish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi belgilangan.

Shu sababli, Siz fuqarolardan va mazkur soha vakillaridan yuqoridagi qonun talablariga rioya qilgan holda harakat qilishingizni so’rab qolamiz.  


Jinoyat ishlari bo’yicha

Quvasoy shahar sudining raisi                                  R.Zaripov






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram