Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VODIY1.UZ” RASMIY TELEGRAM KANALIDAGI MUROJAATGA MUNOSABAT

×

 2023-01-19 18:59:10    279

PDF yuklash
Chop etish



“Vodiy1.uz” rasmiy telegram kanalidagi “Quvasoy shahar Kokilon MFY Ravnaq ko’chasidagi elektr ta'minotining yomonligi hamda ko’chalarni asfaltlashtirish” bo’yicha qilingan murojaat yuzasidan Quvasoy shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy munosabati


Farg’ona viloyati Quvasoy shahar Kokilon MFY Ravnaq ko’chasida yashovchi Malohat Mamajonovaning ko’cha 40 yil oldin eski ferma transformatoriga ulanganligi, istemol ko’payib simlar yonib ketayotganligi, 10 soatlab svet bo’lmayotganligi, asosiy asfalt yo’l sifatsizligini yozib murojaat qilgan.


Yuqoridagi holat yuzasidan, shahar hokimligi mutasaddilari, shahar Elektr tarmoqlari hamda Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari hamda murojaatchi ishtirokida joyida borib o’rganildi.


Ushbu transformator, hozirda to’la quvvat bilan ishlayotganligi, simlar yonmaganligi, faqat kuz-qish mavsumida foydalanuvchi ko’pligi, elektr ta'minotiga ehtiyoj ortganligi sababli tasdiqlangan rejaga muvofiq bir kunda 4 marotaba 6 soat o’chirilishi ko’rsatilgan bo’lsada, amalda 3 marotaba 4 soat o’chirilayotganligi ma'lum qilindi.


Shuningdek, hozirda sovuq harorat sababli ko’chalarni asfaltlashtirishning iloji yo’qligi, kunlar isishi bilan ushbu ishlar amalga oshirilishi tushuntirildi.


Suhbat davomida M.Mamajonova murojaati yuzasidan qoniqish hosil qilganligini ta'kidladi


Quvasoy shahar hokimligi 

matbuot xizmati raxbari M.Raimov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram