QUVASOY SHAHRIDAGI ISTE'MOLCHILARNI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLOVCHI PAST KUCHLANISHLI 6-10 KVLI ELEKTR UZATISH TARMOQLARIGA QO’LLANILADIGAN NAVBATMA-NAVBAT CHEKLASH JADVALI
2022-12-19 14:46:41 206
Havo harorati sovushi bilan energiya manbalariga ehtiyoj sezilarli ortib boradi, shu jumladan elektr energiyasiga boʼlgan talab ham. Umumenergotizimda katta avariyali holatlar sodir boʼlishini oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari tomonidan isteʼmol balansini saqlashga qaratilgan choralar koʼrilishini taqozo qiladi. Shuningdek soha xodimlari oldida turgan dolzarb masala aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash boʼlib, hududlarda bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yuqori isteʼmol vaqtlarida viloyatga belgilangan isteʼmol topshirigʼini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni toʼxtab qolishini oldini olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish muvozanatini ushlab turish hamda isteʼmolchilar taʼminotini tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida faqat favqulodda xolatda viloyatimizning hududlarida tuman, shahar hokimliklari bilan kelishgan holda elektr energiyasi taʼminotiga qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi.
Ushbu cheklov grafigi faqat favqulodda, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida avariya holatlarini oldini olish, isteʼmol ortib ketgandagina amal qiladi.
Diqqat! Tarmoqlar, podstansiyalarda avariyalar, avariyalarni tiklash, rejaviy ta’mirlash ishlari olib borilganda hamda energotizimda favqulotda vaziyat yuzaga kelganda, ushbu cheklov jadvallarida ko’rsatilgan soatlardagi tarmoqlardan tashqari qo’shimcha tarmoqlar o’chishiriladi va bu haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar beriladi!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram