Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OʻZBEKISTON HUDUDIDA TARQATILADIGAN XORIJIY TELEKANALLAR ROʻYXATI KENGAYTIRILMOQDA

×

 2022-12-13 19:15:43    127

PDF yuklash
Chop etish



Fuqarolarning toʻliq va xolis axborot olish huquqini taʼminlash hamda turli manbalardan maʼlumot olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mamlakatimizda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanallar umumlashtirilib, ularning asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar roʻyxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.


Ushbu roʻyxatga ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga va yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan 35 ta, filmlar va seriallar namoyishiga moʻljallangan 37 ta, «National Geographic Channel» kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, maʼrifiy yoʻnalishdagi 34 ta, bolalar va oʻsmirlar auditoriyasiga moʻljallangan 27 ta, sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan 20 ta va musiqiy-koʻngilochar kontent tarqatuvchi 39 ta xorijiy kanal kiritilgan.


Mazkur roʻyxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pullik televidenie operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi (yaʼni, efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televidenie, mobil aloqa, sunʼiy yoʻldosh aloqa tarmoqlari va Internet platformalar). Xorijiy telekanallarni Oʻzbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram