Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARGʻONA VILOYATI “MEHRJON” AYOLLAR VA BOLALAR MARKAZI TOMONIDAN BIR QATOR LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA. 

×

 2022-12-13 09:24:39    232

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Quvasoy shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda Fargʻona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

“Fargʻona viloyatida istiqomat qilayotgan qishloq xotin-qizlarini ijtimoiy, iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, xatar ostida qolgan ayollar va gender asosidagi zoʻravonlik qurbonlari uchun kasbiy malakalar va tadbirkorlik dasturi boʻlib “Ayollar daftari” ga roʻyxatga qoʻyilgan 60 nafar ayol-qizlarni novdalardan savat toʻqish, sut mahsulotlarini qayta ishlash, kompyuter savodxonligi, meva-sabzavotlarni qayta quritish, quyonchilik, issiqxona tashkil etish va gulchilik yoʻnalishlarida kasb-hunarga oʻqitishga erishildi.

Loyiha doirasida 60 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar koʻrsatish, ularni huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan qabul qilingan qonunlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. 

Ushbu loyiha AQSh Halqaro taraqqiyot agentligi USAID tomonidan moliyalashtirilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram