“SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!”
2022-12-12 09:24:50 224
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qilganidan xabaringiz bor.
Tanlovga respublika boʻylab 300 ga yaqin videorolik kelib tushdi va hakamlar hayʼati tomonidan saralandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 4 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab” nominatsiyasida:
1-oʻrin – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
2-oʻrin – Termiz shahridagi Prezident maktabi;
Zangiota tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi;
3-oʻrin – Quvasoy shahridagi 90-maktab-internat;
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram