Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSH QOMUSIMIZ KONSTITUSIYANING HAR BIR MODDASI BIZ UCHUN DASTURIAMALGA, HAYOTIMIZ QOIDASIGA AYLANISHI ZARUR. 

×

 2022-11-29 17:03:50    228

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 29 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov Quvasoy shahar “Choʻlpon” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil etilgan sayyor uchrashuv yigʻilishida asosiy qomusimiz Konstitusiyamizning 30 yilligi munosabati bilan oʻz maʼruzasida; Yurtboshimiz taʼkidlaganidik asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishda, innovasion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos oʻrin egallamoqdaligini aytish joiz.

Bugungi kunda asosiy qonunimizni umumtaʼlim maktablarida, oliy oʻquv yurtlarida, mahalla va mehnat jamoalarida tizimli ravishda oʻrganish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqilgan, biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitusiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart. Muxtasar qilib aytganda, fuqarolarimiz qonunlarni buzishdan koʻra, ularga amal qilishdan manfaatdor boʻlishlari lozim. Afsuski, jamiyatimizda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topgani yoʻq. Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va masʼuliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Koʻzlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli boʻlmasin, ularga etish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yoʻlda beqiyos kuch-qudrat manbai boʻlib xizmat qiladi.

Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorugʻ kelajagini taʼminlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon boʻlib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etish, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini taʼminlash, oʻgʻil-qizlarimizning ilmga, hunarga boʻlgan intilishlarini har tomonlama kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kelgusida ham islohotlarimiz markazida boʻladi. Tashqi siyosatimizda uzoq va yaqin qoʻshnilari bilan doʻstlik aloqalarini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab, barcha sohalarda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish kerak,

Chunki: 

Bilimli avlod – buyuk kelajakning,

tadbirkor xalq – farovon hayotning,

doʻstona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir!-deya oʻz soʻzini yakunladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha 

Quvasoy shahar sudining raisi

Zaripov Rustamjon Raxmatjonovich


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram