OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2022-YIL 31-MARTDAGI “XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI OʻRGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI 145-SONLI QARORI IJROSI.
2022-11-01 09:47:18 235
Joriy yilning 31-oktyabr kuni Quvasoy shahar XTB tasarrufidagi 2-umumtaʼlim maktabi binosida Fargʻona viloyat sudining sudyalari M.Musaxanova hamda M.Ummatova, shuningdek Quvasoy shahar hokimi oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi, shahar otinoyisi, Adliya boʻlimi hamda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 145-sonli qarori hamda Oliy sudning 2022-yil 23-apreldagi MIB-61/22-sonli topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish yuzasidan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul oʻtkazildi.
Shuningdek, sudyalar tomonidan sayyor qabul davom ettirilib, Quvasoy shahar 29-umumtaʼlim maktabi binosida shu hududga qarashli “Ziynat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatildi.
Sayyor qabulda sudyalar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 45 nafardan ortiq xotin-qizlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram