“O’ZBEKISTON - UMUMIY UYIMIZ” SHIORI OSTIDA KONTSERT TOMOSHALARI BO’LIB O’TMOQDA.
2022-10-13 17:58:09 213
Farg’ona viloyati hokimi tomonidan 2022 yil 22 sentayabrda tasdiqlangan 569-01-50-sonli chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Farg’ona viloyatidagi barcha tuman va shaharlarda Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik keng targ’ib qilish yuzasidan joylarda “O’zbekiston - umumiy uyimiz” shiori ostida madaniy tadbirlar, kontsert tomoshalari o’tkazilishi belgilangan.
Bugun 13.10.2022-yil kuni Quvasoy shahar xokimligi tomonidan markaziy madaniyat saroyi xovlisda Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik keng targ’ib qilish maqsadida “O’zbekiston - umumiy uyimiz” shiori ostida kontsert tomoshasi o’tkazildi.
Tadbirda shahrimizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan Madaniyat markazlari badiiy jamoalari munosib ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram