“KEKSALAR HAFTALIGI” KO’TARINKI RUHDA O’TMOQDA
2022-10-06 09:28:03 257
Bugun 06.10.2022-yil kuni “Keksalarni e'zozlash va ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g’oya asosida “Keksalar haftaligi” doirasida Quvasoy shahar hokimligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda ijodiy jamoa bilan hamkorlikda Quvasoy shahrining Namuna MFYdagi Oyimsa ona Musayevalar xonadonida bo’lib holidan xabar olindi.
Oyimsa ona o’z farzandlarini nevara, chevaralarini atrofiga to’plab, pandu-nasihatlar qilib, shunday dedi:- “Ota rozi, xudo rozi”,- deydi dono xalqimiz. Agar ota ruhini doimo shod qilaman deb yashasalaring, doimo bir-birlaringiz bilan totuvlikda yashashga harakat qiling.
Chunki, bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka ketadi. Otalarin ruhini shod qilish uchun Olloh in'om etgan xursandchilik kunlarda uni doimo yodga olib, Qur'on tilovat qilib turinglar. Sizlarning shunday baxtli hayot kechirishlaringizga o’z umrini sarflagan otalaringni sira unutmanglar.
Oyimsa ona bu yil yuz bahorni qarshi oldi. Hozirda ham tetik, bardam, mahalla ahli hurmatiga sazovor bo’lgan. Mahalladagi to’yu marrakalar Oyimsa onaning maslahatisiz, ishtirokisiz o’tmaydi. 2021 yilning mash'um bir kunida Oyimsa onaning qalbi bezovta bo’laverdi.
Bejiz emas ekan, to’ng’ich o’g’li Safarali Musayev 73 yoshida tasodifan vafot etdi. Hech kimga o’zidan oldin farzand dog’ini ko’rsatmasin ekan. Oyimsa onani Olloh yana bir bor sinadi. Farzand dog’i qaddini doldek bukdi.
Onaxonni yo’qlab uning yaqinlari, mahalla-kuy, qo’ni-qo’shnilar, huddudagi 20-maktab o’quvchilari tashrif buyurdilar. O’quvchilar tomonidan onaxon uchun chiroyli she'rlar o’qib berildi. Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi Nuroniylar Kengashi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram