Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “MAHORAT DARSI” O‘TKAZILDI

×

 2022-10-04 16:55:49    154

PDF yuklash
Chop etish



 Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.


   O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

   Bugun O‘zbekistan Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 33 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Quvasoy shahar 1-sonli IDUMda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi hamda murabbiylari ishtirokida “Mahorat darsi” o‘tkazildi.


   Unda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Farg‘ona Davlat Universitetining filologiya fanlari doktorlari, professorlar M.Rahmonov, S.Mo‘minlar ishtirok etdilar.


 Shuningdek, M.Rahmonovning “So‘z va salomatlik”, S.Mo‘minning “Tillashish va dillashish” kitoblarining taqdimotlari ham o‘tkazildi. 

   Ushbu tadbirda o‘qituvchilar ustozlardan o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram