O’ZBEKISTONDAN TO’RT TURDAGI URUG’LAR EKSPORTIGA RUXSAT BERILADI
2022-10-03 12:10:45 241
O’zbekistondan to’rtta mahsulot – qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug’larini eksport qilishga ruxsat berildi. Bu haqda O’zbekiston Prezidentining joriy yilning 30 sentyabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 noyabrdan:
• bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o’tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo’llanilmaydi;
• eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat'i nazar qo’llaniladi;
• qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug’lari eksportiga ruxsat beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram