TADBIRKORLARGA EKSPORTIGA QARAB MOLIYAVIY YORDAM BERILADI
2022-10-03 12:03:40 230
O’zbekistondan eksportyorlarni qo’llab-quvvatlash uchun tabaqalashtirilgan moliyaviy yordam ko’rsatish tartibi ishga tushiriladi. Bu haqda O’zbekiston Prezidentining joriy yilning 30 sentyabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga muvofiq eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo’llab-quvvatlash jamg’armasidan eksportoldi va eksport bilan bog’liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko’rsatiladi:
• eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo’lganda – 1 million dollargacha;
• eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo’lganda – 2 million dollargacha;
• eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo’lganda – 3 million dollargacha;
• eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo’lganda – 4 million dollargacha;
• eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo’lganda – 5 million dollargacha;
• bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSh dollaridan ko’p bo’lmagan miqdorda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram