Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHA'NINGIZNI ULUG’LAMOQ BAXT

×

 2022-09-30 18:36:24    180

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 30.09.2022 yil kuni Quvasoy shahar Arsif MFY hududidagi “San'at saroyi” tantanalar zalida mo’'tabar ustozlarga bag’ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’zgacha tashkillanib, bino bayramona bezatilib, ustozlar uchun bayram dasturxon yozildi.


Dastlab tadbirni Quvasoy shahar hokimi Z.To’raqulov ochib berdi.

- Qadrli va mo’'tabar ustozlar!

   Mustaqil diyorimizning kelajagi bo’lmish farzandlarimizning aziz murabbiylari!

Sizlarni muborak ayom , 1 oktyabr- O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan samimiy qutlayman. Ushbu bayram respublikamizda katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Zero, sizlarning mashaqqatli hamda mas'uliyatli vazifangiz insondan tengsiz oliyjanoblikni, sabr-bardoshni talab etadi. Darhaqiqat, dunyoda ustoz degan sharafli maqomga ega bo’lishning o’zi bir baxtdir. Buyuklik sizlardan boshlanadi. Sizlar har bir millatning iftixorini, vatan tuyg’usini milliy urf-odatlari va ma'naviy boyligini ajdodlardan avlodlarga yetkazuvchi, shuningdek, hur fikrli, ma'rifatli insonlarni tarbiyalovchi buyuk zotsizlar.

 Shunday ekan bugun davlatimiz sizlarning zimmangizga vatan uchun jonini fido qiluvchi, vatanparvarlar, fidokorlar, qalbida eng ulug’ qadriyatlarga nisbatan hurmat-ehtirom tuyg’ularini jo qiluvchi yosh avlodni tarbiyalashdek vazifani qo’ymoqda. Mana shunday mas'uliyatli ishingizda barchangizga muvaffaqiyatlar tilayman. Hamisha sog’ omon bo’linglar” , –deya tilak bildirdi.

 Shundan so’ng shahar hokimi va sektor rahbarlari tomonidan Quvasoy shahar hokimligining 1-oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni umumhalq bayrami munosabati bilan “Yosh avlodni ta'lim tarbiyasi yo’lida fidokorona mehnat qilib, ularning kamol topishi hamda vatanimiz ravnaqi yo’lida munosib hissa qo’shib kelayotganliklari uchun” bir guruh faxriy ustozlar hamda shahrimizdagi umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

 Tadbirda faxriy ustozlar Oliy toifali muallim, O’zbekiston xalq maorif a'lochisi Bahromjon Xidirov, Ma'naviyat targ’ibotchisi Toxirjon O’rinboyev, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Viloyat xotin-qizlar Gender tengligi masalalari bo’yicha komissiya raisi Diloromxon Mehmonova hamda shahar hokimi o’rinbosari-oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Nigoraxon Ubaydullayevalar so’z olib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdilar.

 Tadbirga taklif etilgan Xorazm filormoniyasi xonandalari, Quvasoy shahrida faoliyat olib borayotgan madaniyat markazi xonandalari tomonidan dilrabo kuy va qo’shiqlar, “Joziba” raqs guruhi raqqosalari tomonidan go’zal raqslar ijro etildi. 

Shu kungi o’tkazilgan bayram tadbiri barcha ustoz, murabbiylar va qadrdonlar qalbida uzoq vaqt esda qolarli bo’ldi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram