Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMLIGIDA 2022 YILNING I-YARIM YILLIGI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT

×

 2022-07-20 12:37:52    218

PDF yuklash
Chop etish


    Joriy yilning 6 oyi davomida shahar hokimligiga barcha manbalar orqali 448 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlar 2021 yilning shu davriga (790 ta) nisbatan 43,3 foizga kamaygan.

    Shundan, joriy yilning 30 iyun kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 240 ta (222) hamda Halq qabulxonasi elektron tizimi orqali 94 ta  (170), shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 114 ta (398) yozma murojaatlar kelib tushgan.

    Mazkur murojaatlarning 218 tasi (48,7%) ijobiy hal etilgan, 230ta (51,3%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan. Buning natijasida shahar aholisidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq kabulxonalariga joriy yilning 6 oyi davomida o‘tgan 2021 yilni shu davri (392 ta) ga nisbatan murojaatlar 58 taga yoki 14,8 % foizga kam tushishiga erishildi.

    Virtual va Xalq kabulxonalariga aksariyat Ziynat (59), Bog‘bon (36), Valik (25), X.Olimjon (19), Do‘stlik (16), Kokilon (16), Pakana (15), Guliston (13) va Qo‘chqorchi (13) mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillaridan murojaatlar tushishi yuqoriligicha qolmoqda.

    Shahar aholisini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ijobiy hal etish orqali murojaatlar tushishini kamaytirish maqsadida viloyat hokimi raisligida o‘tkazilgan hokimlik soatida bergan topshiriqqa asosan joriy yilning 13 iyun kunidan viloyatda “Dolzarb 45 kunlik” e’lon qilindi. “Dolzarb 45 kunlik” doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, murojaatlarni qayta o‘rganish va ijobiy hal etish darajasini ko‘tarish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida murojaatlarni ijobiy xal etish ko‘rsatgichi 33,7 foizdan 55,3 foizga ortishiga erishildi.

     Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish masalasida 94 ta, Moddiy yordam ajratish masalasida 91 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 60ta, Yo‘llarni ta’mirlash 44 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 39 ta, Obodonlashtirish masalasida 28ta, Uy-joylarni ta’mirlash masalasida 14 ta, Kredit olish masalasida 8ta, Ishga joylashtirish masalasida 7ta, Ichimlik suvi masalasida 6 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 5 ta, Xalq ta’limi masalasida 4 ta, Raxbarlar faoliyati masalasida 4 ta, Elektr ta’minoti masalasida 4 ta, Oilaviy munosabatlar masalasida 2 ta, Gaz tarmoqlari masalasida 2 ta, Kontrakt to‘lovi masalasida 1 ta, boshqa masalalarda 35 ta murojaatlar qayd etilgan.

     Shahar hokimi tomonidan tasdiqlab berilgan chora-tadbirlar jadvaliga asosan shahar bo‘lim va tashkilotlari raxbarlari tarkibidagi Ishchi guruhlar tomonidan Virtual kabulxona tomonidan yuborilgan va xuquqiy tushuntirish orqali nazoratdan chiqarilgan 144 ta murojaatlarni qayta o‘rganib chiqish natijasida, mazkur murojaatlarning 63,9 foizini ijobiy yopish choralari ko‘rildi.

    Shuningdek, shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan qabullar jadvaliga asosan shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazib borilmoqda. Shuningdek, joriy yil 6 oyi davomida shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan jami 110 marotaba shaxsiy va ommaiy (sayyor) qabullar o‘tkazilib, qabullar davomida jami 587 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqildi. Qayd etilgan murojaatlarning 336 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, ijobiy hal etish darajasi 57,2 foizni tashkil etadi.