SHAHAR HOKIMLIGIDA 2022 YILNING I-CHORAGI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT
2022-04-15 12:22:23 224
Joriy yil 1-choragi davomida barcha manbaalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan jami 319ta (537ta) murojatlar shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 160ta (134 ta) hamda Halq qabulxonasi elektron tizimi orqali 72ta (97ta), shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 87ta (306ta) yozma murojaatlar kelib tushgan.
(Bu ko‘rsatgich 2021 yil davrga nisbatan, 537 tani tashkil etib, 218 taga yoki 40,6% kamaygan)
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Moddiy yordam ajratish 72 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 54 ta, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish masalasida 73 ta, Obodonlashtirish masalasida 18 ta, Yo‘llarni ta’mirlash masalasida 30 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 20 ta, Kredit olish masalasida 5 ta, Uy-joylarni ta’mirlash masalasida 10 ta, Ishga joylashtirish masalasida 6 ta, Raxbarlar faoliyati masalasida 3 ta, Oilaviy munosabatlar masalasida 2 ta, Elektr ta’minoti masalasida 2 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 5 ta, Ichimlik suvi masalasida 4 ta, Gaz tarmoqlari masalasida 2 ta, Kontrakt to‘lovi masalasida 1 ta, Xalq ta’limi masalasida 3 ta hamda turli masalalarda 9 ta murojaat qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur murojaatlarning 92 tasi (30%) ijobiy hal etilgan, 201 ta (62%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 2 ta (0,6%) murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan,
24 ta (7,4%) murojaat o‘rganish jarayonida.
Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 39ta (12,2%), Yoshlik 23 ta (7,2%), Bog‘bon 27 ta (8,5%), Do‘stlik 17 ta (5,3%), Pakana va Qo‘chqorchi MFYlarda 16 tadan (5,0%), Valik 15 ta (4,7%), Kokilon 14 ta (4,4%), X.Olimjon va Guliston MFYlarda 13 tadan (4,1%), Polmon 12 ta (3,8%) mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, bundan tashqari murojaatlar sonini kamaytirish hamda aholini rozi qilish maqsadida tasdiqlangan jadval asosida shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan shahar xududlarida ommaviy-sayyor hamda shaxsiy qabullar tashkil etib borilmoqda.
Xususan, shahar hokimi hamda o‘rinbosarlar tomonidan jami 72 marotaba qabullar tashkil etilib, qabullar davomida jami 436 nafar fuqarolar murojaatlari qayd etildi. Shuningdek, qayd etilgan murojaatlarning 216 tasi yoki 49, 5 foizi ijobiy hal etishga erishildi.