“BUNYODKOR” YOSHLAR KICHIK SANOAT ZONASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR.
2022-08-26 09:57:04 248
Bugun 25.08.2022-yil Quvasoy shahar xokimi 1-sektor rahbari Z.To’rakulov ushbu kichik sanoat zona 10 gektar (31 ta lot) yer maydonida tashkil etilgan. Bugungi kunda 8 ta loyiha joylashtirilgan (13 ta lot) bo’lib, loyixalar qiymati 79,8 mlrd.so’mlik, natijada 450 nafar yangi ish o’rni yaratiladi. Ushbu loyihalarda tadbirkorlar tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Bo’sh turgan 18 ta lotlar “E-Auksion” elektron savdoga chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyun kungi PQ-271 sonli qaroriga asosan, 9,6 mlrd. so’m kommunikatsiya tarmoqlariga mablag’lar ajratildi. Shundan, tabiiy gaz tarmog’iga 1,1 mlrd.so’m, suv tarmog’iga 3,5 mlrd.so’m, ichki avtoyo’llar qurilishiga 5 mlrd.so’m ajratildi.
Sanoat zonadagi avtoyo’llarni qurishni “Farneftstroyservis” MChJ tomonidan amalga oshirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram