Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUN BUZILISHI, UNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA BUNGA IMKON BERAYOTGAN SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.

×

 2022-08-26 09:31:24    225

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xodimi A.Xalikov ishtirokida ZOOM platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 27 iyuldagi “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi taqdimnomasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur muhokamada Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari qatnashdi.


Taqdimnomani O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura xodimi A.Xalikov o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, taqdimnomada keltirilgan masalalar yuzasidan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi direktori A.Xaydarov o‘zining fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.


Muhokama mobaynida Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsion xatarlarga yo‘l qo‘yilishi risklarini oldindan baholash va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.


Bugungi kunda respublikamizda barcha davlat idoralariga fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash dolzarb vazifa etib belgilab berilgan. Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tomonidan ham fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni rozi qilish va vakolat doirasida manfaatini himoya qilish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.


Pensiya jamg‘armasi tizimida murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan hato va kamchiliklar bo‘yicha mutasaddi rahbar va mas’ul xodimlar hisobotlari eshitildi.


Yig‘ilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlarni kelgusida takrorlanmasligini oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olishga kelishib olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram