Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAODATMAND OILA – MAHALLA TAYANCHI” SHIORI OSTIDA QUVASOY SHAHRIDA BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2022-08-18 20:51:27    237

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahrimizda O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan Guliston mahalla fuqarolar yig’inida “Saodatmand oila – mahalla tayanchi” shiori ostida uzoq yil davomida ahil-totuv yashab kelayotgan, farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashda, oilasini mustahkamlashda fidoiylik ko’rsatgan na'munali oilalar ishtirokida bayram tadbiri o’tkazildi.

 Unda O’zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi ma'sul hodimi M.Shukurov, Farg’ona viloyati Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i B.Holiqov, viloyat Nuroniylar kengashi raisi Z.Rahmonov, Quvasoy shahar xokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari A.Mamajonov, shahar xokimi o’rinbosari-oila va xotin qizlar bo’limi boshlig’i N.Ubaydullayeva, shahar Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i I.Dadaboyev, Nuroniy jamoatchilik kengashi raisi T.Abduqodirov, Guliston mahalla fuqorolar yig’ini hodimlari va tegishli mudassadi tashkilot rahbarlari hamda 800 nafardan ortiq shahrimiz fuqarolari qatnashdilar.

 Farg’ona viloyat Nuroniylar kengashi raisi Z.Rahmonov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan shahrimiz fuqarolarini tabriklab, uzoq yil davomida ahil-totuv yashab kelayotgan, farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashda, oilasini mustahkamlashda fidoiylik ko’rsatgan boshqalarga o’rnak bo’lib kelayotgan na'munali oilalarga o’zlarinig chuqur minnadorchiligini bildirdi.

 Tadbir ko’tarinki ruhda davom etib, shahrimiz sanatkorlari tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etilib, mexmonlarga ko’tarinki ruh bag’ishladilar.

Ushbu oilalarga shahar hokimligi tomonidan tashakkurnomalar hamda O’zbekiston Respublikasi Mahalla Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan estalik hamda qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Shahrimizda bayram shukuhi davom etmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram