Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALIMENT TO’LASH TO’G’RISIDA KELISHUV

×

 2022-08-18 19:48:39    245

PDF yuklash
Chop etish


Oila kodeksining 17-bobida, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to’lash tartibi) aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs bilan aliment oluvchi o’rtasida tuziladi deb ko’rsatilgan.

Normaga ko’ra, mazkur kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim hamda ushbu kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo’ladi. (Ya'ni, bajarilishi majburiy bo’lgan xujjat xisoblanadi)


To’lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.


Voyaga yetmagan bolalarga aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga binoan to’lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo’lgan miqdordan kam bo’lmasligi kerak. (Ya'ni, qonun bo’yicha har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to’lash eng kam miqdori (920 000 so’m) ning 26,5 foizi (243 800 so’m)dan kam bo’lmasligi kerakligi belgilangan. Yuqoridagi kelishuvda xam bir nafar bola uchun to’lanadigan aliment miqdori eng kamida manashu 243 800 so’mdan kam qilib belgilanishi mumkin emas) 


Bu degani aliment to’lovchi yuqoridagi kabi kelishuv tuzayotganda xotinjon shirin xotiralarimizni esla, xar oyda aliment uchun senga 100 ming so’mdan pul berib turaman shunga rozi bo’l deya olmaydi degani...



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram